Yaman poytaxti Sano shahrida joylashgan masjidlardan birida portlash yuz berdi. Bu haqda Reuters ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, portlash maxsus uskuna yordamida shia jangarilari nazorati ostidagi politsiya akademiyasi yonidagi Blili masjidida harakatga keltirilgan.
Portlash Qurbon hayiti ibodati ado etilayotgan paytda sodir etilgan. Tibbiyot xizmati xodimlarining aytishicha, qurbon bo‘lganlar soni 15 nafardan kam emas.
Izoh (0)