NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans bilan hamkorlik mamlakatning Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lish o‘rnini bosadigan “yaxshi muqobil variant” bo‘lishini aytib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“NATOga a’zo bo‘lmasdan turib, hamkorlik va sheriklikni muvaffaqiyatli ravishda rivojlantirish mumkin”, — dedi Stoltenberg Ukrainaga tashrifi chog‘ida va bu “alyansga a’zolikning yaxshi muqobili” ekanligini qo‘shib qo‘ydi.
Bosh kotib NATO Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini hamda Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakatlarini qoralashini ta’kidladi.
Izoh (0)