Somali sohillarida 22-sentabr, seshanba kuni 5,2 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Yer qimirlashi mahalliy vaqt bo‘yicha 07:03 (Toshkent vaqti bo‘yicha 09:03) da qayd etildi. Zilzila epimarkazi Berida shahridan 141 kilometr shimolda, uning o‘chog‘i esa o‘n kilometr chuqurlikda joylashdi.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)