Siyosatchi Aleksis Sipras Gretsiya bosh vaziri lavozimi qasamyodini qabul qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Marosim Afinadagi prezident saroyida, mamlakat prezidenti Prokopis Pavlopulos ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Avvalroq Sipras boshchiligidagi SIRIZA partiyasi muddatdan oldingi parlament saylovlarida 35 foiz ovoz olgan edi. SIRIZA va “Mustaqil greklar”ni o‘z ichiga oluvchi ittifoq parlamentdagi 300 ta o‘rindan 155 tasini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)