Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning Yamandagi aviazarbalari natijasida yarim yil ichida olti mingdan ziyod odam halok bo‘lgan. Bu haqda The Regionalpost’ga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Nodavlat tashkilot hisoblanmish “Yaman fuqarolik koalitsiyasi” bergan hisobotiga qaraganda, qurbon bo‘lganlarning uch ming nafari ayollar va bolalarni tashkil etadi. 13,5 ming odam esa yaralangan.
Bundan tashqari, tashkilotning qayd etishicha, Saudiya tomonidan yo‘llanayotgan avizarbalar Yamandagi tinch aholi yashayotgan turar-joy binolariga ham qaratilmoqda. Bu esa xalqaro huquq va konvensiyalarga to‘g‘ri kelmaydi.
Hisobotda keltirilishicha, oxirgi ikki hafta ichida aviazarbalar natijasida halok bo‘lganlar soni oshgan.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni boshchiligidagi BAA, Kuvayt, Qatar, Bahrayn, Misr, Iordaniya va Sudan davlatlaridan iborat koalitsiya 2015-yilning martidan boshlab, Yaman poytaxti Sanoda o‘rnashib olgan isyonchi xusiylarning makonlariga aviazarbalar bermoqda.
Izoh (0)