Britaniya kengashi Gyote instituti va Fransuz Madaniyat markazi bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi ko‘magida Yevropa tillari kunini nishonlamoqda. Bu haqda Britaniya Kengashi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Tadbir 21—23-sentabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkaziladi.
Tadbirning eng qiziqarli qismi – chet tili o‘qituvchilari seminarining yopilish marosimi va Yevropa mamlakatlari elchixonalari madaniy ko‘rgazmalarining ochilishi 23-sentabr kuni 12:00 dan 13:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)