Huquqni muhofaza qilish organining ma’lum qilishicha, ikki nafar Germaniya fuqarosi Moskva Kremli hududida uchuvchisiz uchar qurilmani ishga tushirganligi uchun qo‘lga olindi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
17-sentabr oqshomida ikki nafar germaniyalik o‘zlarining blogida Kreml ko‘rinishi tasvirga tushirilgan videoni joylashtirish uchun Kremlning Vodovzvodnaya minorasi yaqinida kvadrokopterni havoga uchirgan.
Qo‘lga olinganlardan biriga nisbatan “havo hududidan foydalanish qoidalarini buzish” moddasi bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzildi.
Izoh (0)