Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan 20-avgustda sodir bo‘lib, ikki yosh qizning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha puxta tekshiruv o‘tkazildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Yo‘l-transport hodisasi haqida “Daryo”, “Gazeta.uz” va “Darakchi”da chop etilgan maqola YHXB xodimlari o‘rtasida muhokama qilingan, bunda vaziyat bo‘yicha fikrlar bildirilgan, Toshkent shahri yo‘llarida yo‘l harakatini yaxshilash bo‘yicha muayyan choralar belgilangan.
Mazkur YTH yuzasidan YHXB Yo‘l nazorati bo‘limi muhandislari Buyuk Ipak yo‘li va unga tutash ko‘chalarni yana bir marta tekshirib chiqqan. Maxsus montaj-ekspluatatsiya boshqarmasiga yo‘ldagi belgilar va gorizontal chiziqlarni qayta tiklash vazifasi berilgan.
Izohda qo‘shimcha ravishda xabar qilinishicha, YHXB O‘zbekiston poytaxtida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha katta ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, 20-avgust kuni kechqurun Toshkentdagi “Ona va bola” tibbiy markazi yaqinida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berib, ikki yosh qizning umriga zomin bo‘lgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)