Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Germaniya moliya vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib, “UzDaily.uz” xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida 2009-yilda qo‘mita va Germaniya moliya vazirligi o‘rtasida tuzilgan memorandum hamda kelishuv doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi. Xususan, nemis tomonining ko‘magida hozirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotgan “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati unumdorligi va korporativ boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish komissiyasiga tasdiqlash uchun taqdim etilgan “Korporativ boshqaruv kodeksi” tayyorlandi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar bu boradagi o‘zaro hamkorlikni kelgusida ham muntazam davom ettirishga kelishib oldi.
Izoh (0)