Moldaviya prezidenti Nikolay Timofti mashhur artist Mixay Volontir dafn etiladigan 17-sentabr kunini respublikada milliy motam kuni deb e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Aktyor Kishinyovdagi Markaziy qabristonga dafn etiladi. Dafn marosimi bilan Valeriy Strelets boshchiligidagi hukumat vakillari va madaniyat arboblaridan iborat maxsus ishchi guruh shug‘ullanmoqda.
Volontir 15-sentabr, seshanbaga o‘tar kechasi 82 yoshida vafot etdi. Artistning bevasi Yefrosinya Dobinde-Volontirning ma’lum qilishicha, erining o‘limiga uzoq davom etgan xastalik sabab bo‘lgan.
Izoh (0)