Kuvayt sudi 27 kishining halok bo‘lishiga olib kelgan shiya masjididagi terrorchilik harakatiga aloqador yetti nafar aybdorga nisbatan 15-sentabr kuni o‘lim jazosini tayinladi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Yana sakkiz nafar sudlanuvchiga ikki yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. 14 nafar sudlanuvchi ozodlikka chiqarildi.
Ushbu terrorchilik harakati yuzasidan sud avgust oyida boshlangan edi. Portlashga aloqadorlik bo‘yicha ayblov 29 nafar sudlanuvchiga nisbatan e’lon qilingan edi. Shulardan yetti nafari Kuvayt fuqarosi, besh nafari Saudiya Arabistoni fuqarosi, uch nafari pokistonlik, shuningdek, yana 14 nafari boshqa millat vakillari bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil 26-iyun kuni Kuvaytdagi masjidda yuz bergan portlash tufayli 27 kishi halok bo‘lgan, 227 kishi esa jabrlangandi.
Izoh (0)