BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining migratsiya inqiroziga nisbatan javobi chegaralarni yopib qo‘yish emas, balki qochoqlarni qabul qilish uchun markazlarni tashkil etishdan iborat bo‘lishi kerak, deb hisoblamoqda. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar beradi.
“Gretsiya, Italiya va Vengriyaga yetib kelayotgan kishilarga to‘g‘ri yordam ko‘rsatish, ro‘yxatga olish va taqsimlashni amalga oshirish uchun barcha manfaatdor tomonlarning ko‘magida qabul qilish punktlarini tashkil etish lozim”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)