Tailandda Xalqaro zargarlik ko‘rgazmasidan olmosni o‘g‘irlab, uni yutib yuborgan xitoylik ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar beradi.
Olti karatli olmosning qiymati 277 ming dollarni tashkil etgan. O‘g‘rilik haqida zargarlik firmasining egasi politsiyaga xabar qilgan. Ko‘rgazmada tadbirkor suhbatga chalg‘iganda, ikki firibgar olmosni qalbakisiga almashtirib qo‘ygan.
O‘g‘rilar vataniga uchib ketishga uringanda, aeroportda qo‘lga olindi. O‘tkazilgan rentgen tekshiruvida olmos 30 yoshli xitoylik ayolning ichagida ekanligi aniqlandi.
Izoh (0)