Eronlik karikaturachi rassom Atena Fargadani advokatining qo‘lini siqib qo‘yganligi uchun sud qilinadi, deb xabar beradi Interfax.
Nazoratchi organlar uning bu harakatini beadablik va xiyonat sifatida baholadi.
Amnesty International’ning ma’lum qilishicha, 29 yoshli Fargadani ayni vaqtda 12 yilu 9 oylik qamoq muddatini o‘tamoqda. U eronlik amaldorlarni satirik multfilmdagi echki va qo‘ylar ko‘rinishida tasvirlaganligi uchun jazoga tortilgan edi.
Keyinroq unga “milliy xavfsizlikka qarshi til biriktirish”, “tuzumga qarshi targ‘ibot” va “parlament a’zolarini san’at orqali haqorat qilish” ayblovlari qo‘shildi. Endi esa unga yangi sud tahdid qilmoqda.
Izoh (0)