Kubanda uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar beradi “TASS”.
Natijada besh kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi shifoxonaga joylashtirildi.
“Halok bo‘lganlar orasida ikki bola ham bor. Yana bir nafar bola shifoxonaga joylashtirildi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan VAZ-21099 avtomobilining haydovchisi avtohalokatning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan”, — deb ta’kidlaydi politsiya.
YTHda MAN yuk mashinasi, VAZ-21099 va Volkswagen Touareg avtomobillari to‘qnashib ketgan.
Izoh (0)