Adigeya Ichki ishlar vazirligi to‘y kortejlarini nazorat qiluvchi maxsus bo‘linmani tashkil etdi, deb xabar beradi “TASS”.
Respublika IIV rahbari Aleksandr Rechitskiyning so‘zlariga qaraganda, to‘y politsiyachilari tadbir ishtirokchilarining nazorat qilib bo‘lmaydigan quvonchini yengishga yordam beradi.
40 nafarga yaqin politsiyachidan iborat bo‘linma avvaldan ma’lum qilingan to‘y korteji yo‘nalishini nazorat qiladi. Ular, shuningdek, maydonlar va bog‘larda ham naryadda turadi. To‘yga keluvchi mehmonlar tomonidan sodir etilayotgan otishmalarning ko‘payganligi to‘y politsiyachilarini tashkil etish g‘oyasining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)