• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Prezidenti “Shahidlar xotirasi” xiyobonida Qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida qatnashdi

    Ko‘p yillik an’anaga muvofiq, 31-avgust tongida “Shahidlar xotirasi” xiyobonida xalqimizning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish marosimi o‘tkazildi. Qur’on tilovat qilinib, qatag‘on qurbonlari ruhiga hurmat bajo keltirildi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

     

    “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan 2000-yili Toshkentning Bo‘zsuv kanali sohilida barpo etilgan bo‘lib, majmua tarkibida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi va shu nomdagi jamg‘arma tashkil qilindi. 2001-yildan buyon 31-avgustni Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlash ezgu an’anaga aylandi.

    Davlat rahbari ulamolar, jamoatchilik vakillari bilan suhbatda tarixiy xotira, mamlakatimizda erishilgan ulkan yutuqlar, el-yurtimiz hayoti, odamlarimiz turmush tarzi, ongu tafakkurida ro‘y bergan o‘zgarishlar, jahonda va yaqin atrofimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat to‘g‘risida fikr yuritdi. Bugungi notinch zamon doimo ogoh, hushyor va sezgir bo‘lishni talab qilishini alohida ta’kidladi.

    – Biz hayotdan doimo yaxshilik kutib, boshqalarga ham yaxshilik tilab yashaydigan xalqmiz, – dedi Islom Karimov. – Shuning uchun ham ertangi kunimizning bugungidan ko‘ra yorug‘, tinch va farovon bo‘lishini orzu qilamiz, shu yo‘lda o‘zimizni ayamasdan, bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

    “Barqaror taraqqiyot yo‘lidan izchil qadamlar bilan borayotgan O‘zbekistonimizning turli sohalarda erishayotgan yutuqlari barchamizga haqli ravishda g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Biz qo‘lga kiritgan ulkan natijalarni jahon hamjamiyati ham tan olmoqda. Ammo ana shunday yuksak marralarga osonlik bilan erishganimiz yo‘q. Bu yo‘lda qanday og‘ir sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishga, tunu kun tinmay fidokorona mehnat qilishga to‘g‘ri kelganini xalqimiz yaxshi biladi va munosib qadrlaydi.

    Bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshiliklar, qonli to‘qnashuvlar, musulmon dunyosidagi turli mazhab va oqimlar o‘rtasida kuchayib borayotgan nizo va ziddiyatlar, begunoh odamlarning qurbon bo‘layotgani barchamizni tashvish va xavotirga solmasdan qo‘ymaydi.

    Bunday holatlarning kelib chiqish sabablarini, ularning fojiali oqibatlarini chuqur tushunib, anglab olish, keng jamoatchiligimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. Diniy qadriyatlarning, ezgulik va insoniyatning dushmani bo‘lgan yot g‘oyalarning asl mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, mana shunday tinch, musaffo osmon ostida bunyodkorlik mehnati bilan band bo‘lib, shukrona keltirib yashayotgan olijanob xalqimizning tinch va farovon hayotini har qanday balo-qazolardan asrash – eng asosiy vazifalarimizdan bo‘lishi kerak”, − dedi O‘zbekiston Prezidenti.

    Bu borada O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning joylardagi tuzilmalari, imom-xatiblarning hayot bilan hamqadam bo‘lib ish olib borishlari, o‘z faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishlari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson bugungi kunda dunyoda nima bo‘layotganidan xabardor bo‘lib, xavf-xatarlardan ogoh bo‘lib, ularning oldini olish, bartaraf etish uchun, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash yo‘lida kurashib yashashi zarurligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda.

    Tinchlik – ulug‘ ne’mat. Mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikdan xotirjamlikka berilish, ogohlik va sezgirlikni yo‘qotishga mutlaqo haqqimiz yo‘q, dedi Islom Karimov. Bu yo‘lda barchamiz, butun xalqimiz yanada jips bo‘lib, hamjihatlikda harakat qilishimiz zarur. Zero, tinchlik uchun kurashish kerak, uni hech kim yaratib bermaydi.

    Mustaqilligimizning 24-yillik ayyomi nishonlanayotgan qutlug‘ kunda ko‘pni ko‘rgan, mehnatkash, bag‘rikeng, olijanob xalqimizga tinchlik-omonlik tilayman, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin, barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin, dedi pirovardida davlat rahbari.

    Islom Karimov Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

    Davlat rahbari Mustaqillik maydonini yanada obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish zarurligini, buning uchun iqlimimizga mos daraxtlar, gullarni yanada ko‘proq ekishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

    Prezident Shaxmat bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabini ham borib ko‘rdi. Milliy me’morlik va zamonaviy arxitektura namunalarini uyg‘unlashtirgan holda barpo etilgan bu inshootning xalqaro musobaqalar o‘tkaziladigan zalida, umuman mazkur maktabda sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tavsiyalar berdi.

    * * *

    Shu kuni Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar va jamoatchilik nomidan ham gulchambarlar qo‘yildi.

    31.08.2015, 15:40   Izoh (0)   16766
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi

    30.08.2015, 19:55

    O‘zbekistonda ayrim faoliyat turlari uchun litsenziya olish va muddatini uzaytirish tartibi o‘zgardi

    30.08.2015, 19:36

    Namangandagi bolalar oromgohlarida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi

    30.08.2015, 09:43

    Namanganda birovlarning mashinasini sotish bilan shug‘ullangan firibgarlar guruhi qo‘lga olindi

    30.08.2015, 09:32

    “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Havo aloqalari bosh agentligi dam olish kunisiz ishlaydigan bo‘ldi

    29.08.2015, 23:02

    O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    29.08.2015, 22:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston va Shvetsiya onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda hamkorlik qiladi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 09:15

    Fransiya Ukrainada dron ishlab chiqaradi

    Dunyo | 9 iyun, 08:54

    Millatlar Ligasi. Ronaldu va Portugaliya finalda Ispaniyani mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 9 iyun, 08:02

    Amerika aviakompaniyalari samolyotlarda Starlink xizmatini o‘chira boshladi

    Dunyo | 8 iyun, 23:55

    AQSH va Xitoy savdo bojlari borasida Londonda uchrashuv o‘tkazadi

    Dunyo | 8 iyun, 23:05

    Fransiya Germaniyani mag‘lub etib Millatlar Ligasi bronza medalini qo‘lga kiritdi

    Sport | 8 iyun, 22:38

    Fransiyada elektroskuter sabab yuzaga kelgan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 8 iyun, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.