Namangan viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari “Ta’til” tadbiri doirasida Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Kamalak” bolalar oromgohida dam olayotgan bolalar orasida tushuntirish ishlari olib bordi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Malakali inspektorlar bolalarga yo‘l harakati qoidalarining asosiy nizomlarini, yo‘llarda tez-tez uchraydigan vaziyatlarni tushuntirib berdi.
Tadbirda ta’kidlanishicha, yo‘l harakati qoidalarini yosh paytidanoq o‘rganib, hurmat qila boshlash zarur, shu tufayli “Diqqat, bolalar!”, “Diqqat, piyoda!”, “Yashil chiroq” kabi tadbirlar o‘tkaziladi.
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida maktablar joylashgan hududlarda yo‘l belgilari va ishoralari yangilanmoqda, asfaltga “Diqqat, maktab!” yozuvlari tushirilmoqda. Bundan tashqari, katta tezlikni sevuvchi haydovchilarni hushyorlikka chaqirish uchun YHXB xodimining metalldan ishlangan shakllari yo‘l bo‘ylariga joylashtirilmoqda.
Izoh (0)