Namangan viloyatida firibgarlar guruhining faoliyatiga nuqta qo‘yildi, ular amalga oshirgan operatsiyalar hajmi bir necha milliard so‘mdan oshadi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot markazi.
Ular naqd pul yetishmovchiligi tufayli ko‘pchilik avtomobil egalari mashinalarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotayotganidan foydalanib, avtomobil oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan va ko‘plab fuqarolarni chuv tushirgan.
Namanganlik yigit Toshkentdagi Sirg‘ali avtomobil bozorida bir kishi bilan tanishadi va undan yangi Spark avtomobilini 16 ming dollarga sotib olish taklifini oladi. Yigit pulning 4 mingini hoziroq, qolganini har oyda ming dollardan berib turishi kerak edi. U mashinani Namanganga keltirib, uni o‘z tanishiga 10 ming dollarga pullaydi va naqd pulni cho‘ntagiga uradi. Vaqt o‘tishi bilan jinoiy guruh shakllanadi. Taxminan shu sxemada ular qo‘lidan 30 ga yaqin avtomobil o‘tadi.
Ushbu ish bo‘yicha to‘rt kishiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168 (Firibgarlik) va 228-moddalari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bo‘yicha ayblov qo‘yildi va ular tegishli jazoga tortildi.
Izoh (0)