O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi – Bolalar mehnati bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash raisi Tanzila Narbayeva 29-avgust kuni AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblyum bilan uchrashdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Unda AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi maxsus maslahatchisi R.Miller, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen, AQSh elchixonasining ikkinchi kotibi Anton Kuper, O‘zbekiston Respublikasida Bolalar mehnati bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Do‘stona va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda AQSh delegatsiyasi vakillari O‘zbekistonda Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan imzolangan Munosib mehnat dasturini amalga oshirish, bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishtirildi hamda kelgusidagi hamkorlik masalari muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘ngida AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblyum O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishlarda, xususan, xalqaro mehnat standartlarini amaliyotga tatbiq etish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar hamda ularning ijobiy natijalarini e’tirof etdi.
Izoh (0)