Avstriya politsiyasi patrul chog‘ida shubhali yuk mashinasini to‘xtatdi. Uning kuzovida Suriya va afg‘onistonlik 26 nafar qochoq borligi aniqlandi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Qochoqlar orasida uch nafar maktab yoshidagi bola ham bo‘lib, ular suvsizlikdan og‘ir ahvolda bo‘lgan. Politsiya chaqirgan tez yordam bolalar va ularning ota-onasini mahalliy shifoxonaga yetkazgan.
Nashrning ma’lum qilishicha, ko‘chmanchilarni tashuvchi 29 yoshli Ruminiya fuqarosi bo‘lib, u qochishga uringan. Politsiya uni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)