“ElVisti” axborot markazi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston uzoq umr ko‘ruvchilar reytingida 17 mamlakat ichida 3-o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
100 yoshdan oshgan aholining umumiy soni bo‘yicha O‘zbekiston Yaponiya, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya va Italiyadan keyin beshinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 100 yoshdan oshgan keksalarning aholi soniga nisbati bo‘yicha Buyuk Britaniya va Yaponiyadan keyin uchinchi o‘rinni egallagan.
Shuningdek, reytingdan Rossiya, Polsha, Ukraina, Shveysariya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Chexiya, Belarus, Gruziya, Qirg‘iziston, Estoniya singari mamlakatlar o‘rin egallagan.
Izoh (0)