Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2015-yilning o‘tgan davrida Namangan viloyati fuqarolaridan 163 753 nafariga biometrik pasportlar yagona tizimdagi kompyuterlar orqali rasmiylashtirib berildi. Bu haqda viloyat IIB axborot markazi xabar bermoqda.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

Hozirgacha 770 mingga yaqin fuqaro biometrik pasport bilan ta’minlandi. Bir kunda viloyat miqyosida o‘rtacha 1200 nafar fuqaroning biometrik ma’lumotlari qabul qilinib, yana shunchasiga biometrik pasportlar tarqatilmoqda. Fuqarolar biometrik pasport olish uchun ariza topshirganidan so‘ng 15 kunlik muddat ichida biometrik pasportlarini hujjat topshirgan pasport bo‘linmasidan olmoqda.

Fuqarolarning pasport tartibiga to‘la rioya etishini nazorat qilish maqsadida o‘tkazilayotgan “Pasport-viza”, “Tozalash” hamda “Maqsadli tadbirlar” oyliklari davomida esa pasport-viza tartibotiga rioya etmayotgan 8670 nafar shaxs aniqlanib, ular O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan jarimaga tortildi. Ularning 8487 nafarini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, 65 nafarini MDHga a’zo davlat fuqarolari, 18 nafarini esa xorijiy davlat fuqarolari, 100 nafarini fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tashkil qilib, ularga jami 1 052 370 562 so‘m miqdorida jarima solindi va o‘rnatilgan tartibda undirildi.

Shuningdek, 64 nafar xorijiy hamda MDHga a’zo davlatlar fuqarolari respublika hududida qolishga qonuniy asoslari bo‘lmaganligi uchun o‘rnatilgan tartibda mamlakat hududidan chiqarib yuborildi. Xorijiy va MDH davlatlari fuqarolarini qabul qilish qoidasini buzgan 93 nafar xonadon egalari aniqlanib, ularga nisbatan ham qonuniy choralar ko‘rildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyat hududida joylashgan korxona, tashkilot hamda muassasalarda ham pasport qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha 389 ta tekshiruv o‘tkazilib, pasport tartibi qoidalarini buzgan 28 nafar mas’ul shaxsga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)