Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari delegatsiyasi sentabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda “UzDaily.uz” xabar beradi.
2015-yilning 15-sentabr kungi tashrif doirasida City Palace mehmonxonasining majlislar zalida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi bundan keyingi savdo va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ushbu tadbirni tashkil etmoqda.
Izoh (0)