Chechenistonda Rossiyaning “Sever” batalyoni qo‘mondoni o‘rinbosari va uning xotini o‘ldirib ketilgan, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Otib o‘ldirilgan erkak va ayolning jasadi Grozniydagi yotoqxonadan topildi. Ta’kidlanishicha, qotillik yuz bergan joydan Makarov pistoleti va o‘q-dorilar topilgan.
Checheniston huquqni muhofaza qilish organi manbalarida ma’lum qilinishicha, qotillikka uning giyohvand moddalar savdosida gumon qilinayotgan jiyani aloqador bo‘lishi mumkin. Tezkor-qidiruv guruhi mazkur jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni aniqlab, uni qo‘lga oldi.
Rossiya jinoyat kodeksi 105-moddasi 2-bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)