To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir chog‘ida WDBJ7 telekanali muxbirlarini o‘ldirgan jurnalist Vester Flenaganning oilasi halok bo‘lganlarning qarindoshlaridan uzr so‘radi. Bu haqda The Daily Mail xabar beradi.
“Chuqur qayg‘u va dard bilan Elison Parker va Adam Uordning oilasiga hamdardlik bildiramiz. Viki Gardnerning sog‘ayib ketishi uchun duodamiz”, — deydi Flenaganning qarindoshlari.
Halok bo‘lgan jurnalist Elison Parkerning otasi qonunchilik organlarini qurolga egalik qilish huquqini cheklashga qaratilgan kampaniyani boshlashga va’da berdi.
Eslatib o‘tamiz, WDBJ7 telekanalining 24 yoshli jurnalisti Elison Parker va 27 yashar operatori Adam Uord 26-avgust, chorshanba kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir chog‘ida otib tashlangan, intervyu berayotgan mahalliy amaldor ayol esa yaralangandi.
Qotil hodisa joyidan mashinada yashirinib, jinoyat sodir etish jarayonida olingan ikki videoni internet tarmog‘iga joylashtirishga ulgurdi. Uning halok bo‘lgan jurnalistlarga nisbatan shaxsiy adovati bo‘lgan. Jumladan, u Parkerni “irqchilikka oid izohlar berishda” ayblagan, Uord esa bor-yo‘g‘i bir marta kadrlar bo‘limiga uning ustidan shikoyat qilgan.
Izoh (0)