Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Tailandda kutilmaganda quturib ketgan fil o‘zining yo‘l boshlovchisiga (maxut) tishlarini sanchib, xitoylik sayyohlar oilasini changalzorga olib qochdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.

Foto: Fotolia

Foto: Fotolia

Hodisa 26-avgust, chorshanba tongida Chiangmay viloyatidagi fillar sayyohlik lagerida yuz berdi. Ustidagi savatda xitoylik sayyohlar oilasi bo‘lgan fil, kutilmaganda savatni tushirib tashlashga urina boshladi. Uni tinchlantirishga uringan maxutga fil ikki marta tishlarini sanchib oldi va sayyohlarni o‘rmonga olib qochdi.

40 yoshli maxut voqea joyida halok bo‘ldi. Lager xodimlari ikki soatdan so‘ng filni topishga va xitoylik oilani qutqarishga muvaffaq bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi