Jizzax viloyatining sud organlari yangi tug‘ilgan chaqaloqni 9000 AQSh dollari evaziga sotishga uringan uch-opa singilga nisbatan hukm chiqardi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasining nashri — “Huquq” gazetasi yozishicha, ular pulni olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Sud ikki opa-singilni 6 yildan ozodlikdan mahrum qildi. Chaqaloqni dunyoga keltirgan ayolga esa uch yillik sinov muddati belgilandi.
Izoh (0)