Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi “Olti qahramon” mahallasi hududida hashar yo‘li bilan “Kamolot bog‘i” nomli madaniyat va istirohat bog‘i qurildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Bog‘ni qurish tashabbusi bilan tuman hokimligi chiqdi. Ishlab chiqilgan rejaga muvofiq, bu yerda bolalar uchun attraksionlar o‘rnatildi, ayvon va 2500 kishini sig‘dira oladigan amfiteatr qurildi. Hozirda bog‘da so‘nggi ishlar yakunlanmoqda.
Uch gektarlik joyni egallagan bog‘ hududida sun’iy ko‘l, ko‘plab favvoralar, tol, kashtan, qarag‘ay, archa, yapon soforasi singari manzarali daraxtlar, turli gullar mavjud. Ko‘l va favvoralarni suv bilan ta’minlash maqsadida chuqurligi 215 metrlik artezian qudug‘i qazilgan.
Izoh (0)