24-avgust, dushanba kuni Qozog‘istonda dollarning kursi 220 tengegacha tushdi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Jamg‘arma banki o‘zining saytida dollar kursini chop etdi. Unga ko‘ra, bir dollarni sotib olish uchun 218 tenge, sotish uchun 220 tenge taklif etilmoqda.
Qozog‘iston fond birjasidagi 24-avgust kungi savdo natijalariga ko‘ra, AQSh dollarining kursi 218,61 tengeni tashkil etdi.
Izoh (0)