Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yangi tahrirdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi saytiga joylashtirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: mehnat.uz

Foto: mehnat.uz

Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-maydagi qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini 2014—2016-yillarda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar majmuasining uchinchi bandini bajarish doirasida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Qonunning yangi tahririga xalqaro tajriba hisobga olingan holda 9 ta yangi modda qo‘shilishi rejalashtirilgan. Mehnat xavfsizligi standartlari tizimini hisobga olib, qonun loyihasiga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy atama va tushunchalar kiritildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi