Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 1-noyabr kuni muddatidan oldingi parlament saylovlari o‘tkazilishi haqida e’lon qildi, deb xabar beradi “Eurointegration.com.ua”.
Saylovlargacha mamlakatda vaqtinchalik hukumat shakllantiriladi. Zarurat bo‘lganda, unda hozirgi parlament tarkibiga kiritilmagan siyosatchilar ishtirok etadi.
Yangi hukumatni shakllantirish bo‘yicha muxolifat partiyalar o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz kechgandan so‘ng, yuqoridagi qaror qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, prezident bosh vazirga 9-iyul kuni hukumat koalitsiyasini tuzish vakolatini bergan edi.
Izoh (0)