Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Adliya vazirlarining uchinchi kengashi yakunida ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirliklari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda “News.tj” xabar beradi.
Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston davlatlari adliya vazirlari ishtirok etgan ushbu ikki kunlik tadbir Dushanbeda 18-avgust, seshanba kuni yakunlandi.
Imzolangan hujjatda ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab qo‘yildi.
Izoh (0)