Janubiy Koreya harbiylari KXDR tomonidan o‘t ochilganidan so‘ng javob o‘qini uzdi, deb yozadi “Gazeta.ru” “Ryonxap” agentligiga tayanib.
Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreyaga qarata bir necha o‘nta raketa uchirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR Koreya yarim orolini ikkiga ajratib turuvchi harbiy demarkatsiya chizig‘ining g‘arbiy qismi bo‘ylab Janubiy Koreya harbiylari joylashgan nuqtalarni o‘qqa tutgani xabar berilgan edi. So‘ng Janubiy Koreyaning ba’zi qishloqlari aholisini KXDR tomonidan to‘plardan o‘q yog‘dirilishi tufayli evakuatsiya qilish haqida buyruq berildi.
Izoh (0)