Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatda bir barrel neftning narxi 30—40 dollargacha tushib ketadigan holatga tayyorlanish lozimligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Iqtisodiy siyosatdagi tizimli choralar bo‘yicha yig‘ilishda chiqish qilgan Nazarboyev yaqin yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarning investitsiyal va kapital jalb qilish imkoniyatlari cheklanishini ta’kidladi, shuningdek, Qozog‘iston mahsulotlari Rossiya va Xitoyda talab kamligi bois siqilishini tan oldi.
Iqtisodiy konyunktura tufayli Nazarboyev 2018-yilgacha turli tashabbuslarga monitoring qo‘yish zarurligini ma’lum qildi. Ushbu muddat ichida u respublika byudjeti defitsitini 1 foizgacha tushirishni topshirdi.
Izoh (0)