Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat test markazi saytida O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish xizmati ishga tushdi. Xizmat result2015.dtm.uz manzilida joylashgan. Xizmat bepul bo‘lib, unda abituriyentlar javoblar varaqasi raqamini kiritish bilan imtihonda necha ball olgani va oliy o‘quv yurtiga kirgan yoki kirmagani haqida ma’lumot oladi.

Skrinshot: “Daryo”

Skrinshot: “Daryo”

Test natijalarini bilishni xohlovchilar ko‘pligi sabab, DTMning ushbu xizmati, shuningdek, SMS va Click orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar yaxshi ishlamasligi yoki sekin ishlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari 20-avgust kuni OTM hududlaridagi stendlarda e’lon qilinadi.

Ta’kidlash joiz, abituriyentlar imtihon natijalarini OTMga bormasdan — SMS orqali (Ucell va UzMobile abonentlari), Click tizimi, shuningdek, Telegram dasturi yordamida (kontaktlar ro‘yxatiga @DTMbot yoki @DTMrobot robotini qo‘shish va yo‘riqnomaga rioya etish kerak) bilishlari mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan usullarning bari pullik xizmatlardir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)