Toshkent hokimiyati qoshidagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi 2016—2021-yillarda jami qiymati 16,5 milliard so‘mdan ortiq maxsus transport texnikasi va mexanizatsiya vositalarini sotib oladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 10-avgustdagi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Qarorga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda boshqarma 40 ta kombinatsiyalangan mashina (qor tozalash, sug‘orish, qum sochish), 14 ta qor ortgich mashina, 8 ta trotuar tozalovchi mashina, 1 ta qor erituvchi mashina va 2 ta shox kesuvchi mashinaga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, 13 ta “SamAvto” avtobuslari, 15 ta tandemli g‘altak mashina, 13 ta gidravlik stansiya, 1 ta yo‘l frezasi va boshqalarni sotib olish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)