Singapurning Smile Asia xalqaro tashkiloti mutaxassislari Farg‘ona vodiysida yashaydigan bolalarni ko‘rikdan o‘tkazish uchun O‘zbekistonga yetib keldi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Delegatsiya tarkibiga plastik jarrohlik bo‘yicha mutaxassislar, anesteziologlar, pediatrlar, ortodantistlar, logoped, hamshiralar va boshqa mutaxassislar kirdi.
18—20-avgust kunlari ular Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatidagi 200 dan ortiq bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi. Ko‘rik Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazida bo‘lib o‘tadi.
Yuqori lab, qattiq tanglay tug‘ma nuqsonlariga ega bolalar jarrohlik yo‘li bilan sog‘aytiriladi.
Izoh (0)