“Oktogo.ru” portali 2015-yil avgust oyida mehmonxonalarda buyurtma berilgan xonalar soniga qarab rossiyalik sayyohlarning yaqin va uzoq xorijdagi sayohat yo‘nalishlari bo‘yicha turli reytinglarni tuzib chiqdi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.
Jumladan, rossiyalik sayyohlar orasida ommabop yo‘nalishlar reytingi tuzilgan bo‘lib, o‘ntalik quyidagi ketma-ketlikni hosil qilgan: Minsk, Tbilisi, Olma-ota, Kiyev, Yerevan, Boku, Ostona, Bishkek, Kishinyov va Toshkent. Uzoq xorijdan Tailand, Vyetnam va Kuba eng ommabop yo‘nalishlar deb topilgan.
MDHda eng qimmat shahar sifatida Boku qayd etilgan — Ozarbayjon poytaxtida rossiyalik sayyoh sutkasiga o‘rtacha 6000 rubl (91 dollar) ishlatadi, Olma-otada esa bu ko‘rsatkich 5000 rubl (76 dollar) ga teng. Eng arzon shahar deb topilgan Bishkekda rossiyalik sayyohlar sutkasiga o‘rtacha 1200 rubl (18 dollar) sarflashi aniqlandi.
Izoh (0)