Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Misrda hukmronlik qilayotgan favqulodda jazirama qurbonlari soni 100 kishidan oshib ketdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: TASS

Foto: TASS

“Issiqlik zarbalari natijasida o‘tgan hafta boshidan to joriy dushanbaga qadar 105 ta o‘lim holati qayd etildi. Birgina Qohira va uning atrofida 54 nafar misrlik halok bo‘lgan”, — dedi Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Husam Abdul G‘affor.

Jazirama sabab butun mamlakat bo‘ylab umumiy hisobda 2395 nafar kishi tibbiyot muassasalariga yotqizilgan, mingdan ortiq odam shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

Issiq iqlim sharoitidan keksa yoshdagi kishilar, bolalar, shuningdek, surunkali yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabeti bor, qon bosimi yuqori bo‘lgan kishilar ayniqsa ko‘p aziyat chekmoqda.

So‘nggi bir necha kundan beri Misrning aksariyat viloyatlarida havo harorati 40 daraja issiqdan past bo‘layotgani yo‘q, janubiy hududlarda esa harorat 50 daraja issiqdan oshishi holatlari ham qayd etilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar