17-avgust kuni Janubiy Koreya va AQSh Koreya yarimorolida yirik yillik harbiy mashg‘ulotlarni boshladi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
28-avgustgacha davom etadigan mashg‘ulotlarda 50 ming nafar janubiy koreyalik va 3 ming nafar amerikalik harbiy ishtirok etadi.
AQSh va Koreya Respublikasi vakillari ushbu yig‘inlar faqat mudofaa xarakteriga egaligini ta’kidlasa, KXDR buni deyarli urush e’lon qilinishiga tenglashtirgan.