Avstraliyalik motopoygachi, Team LCR jamoasi vakili Jek Miller MotoGP xalqaro motopoyga musobaqasida uch oy davomida singan qo‘li bilan qatnashdi. Bu haqda SuperSport xabar beradi.
12-iyuldan 9-avgustgacha davom etgan yozgi ta’tilda sportchi qo‘lining old qismidagi og‘riqlardan shikoyat qilib, shifokor huzuriga keldi. Natijalar Millerni hayratda qoldirdi. Aniqlanishicha, uning har ikkala yelka suyagi singan bo‘lib, tekshiruv o‘tkazilgan paytga qadar ular o‘sishga ulgurgan.
“Poygada qo‘llarim og‘riy boshlar, holsizlanib qolsam-da, buning sababini bilmaganman. Bu holat qanday sodir bo‘lganligini bilmayman, biroq hozir hammasi joyida”, — deydi 20 yoshli sportchi.
Izoh (0)