Twitter’ning @Sativaˍhigh nomli foydalanuvchisi o‘zining akkauntida “Telba Maks: G‘azab yo‘li” filmining mashinalarini baqlajon, bodring va tish kovlagichlardan yaratdi. Bu haqda Buzz Feed xabar beradi.
Sabzavotlardan yasalgan transport vositalaridan tashqari yaponiyalik erkak aktyor Tom Xardi ijro etgan film bosh qahramoni Maksning haykalchasini ham suratga olgan. Odamchaning nimadan yasalganligi ma’lum qilinmagan.
U shu tariqa Yaponiyada uch kun davom etadigan o‘lganlarni xotirlash bayrami – Obonni nishonlagan.
Izoh (0)