15-avgust kuni sobiq Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston havo floti kuni tadbirlari boshqa joyga ko‘chirildi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan O‘zbekiston havo floti kuniga va O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytilishicha, tadbirlar Aviashaharcha—22 mavzesida bo‘lib o‘tadi. Ushbu hudud sobiq Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, Botkin qabristoni, Toshkent tibbiyot akademiyasi va “Mashinasozlar” metro bekati orasida joylashgan.
Qayd etilishicha, soat 9:00 dan 13:00 gacha turli tadbirlar — kichik samolyotlar va aviamodellar ko‘rgazmasi, shuningdek, konsert bo‘lib o‘tadi. Tashrifchilar o‘zlari bilan pasportlarini olib borishi tavsiya qilinadi.
Izoh (0)