Moliyaviy muammolar sabab bankrot, deya e’lon qilingan Italiyaning “Parma” klubi mukofotlari, jamoa videotekasi kimoshdi savdosi orqali sotuvga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Jamoa ma’murlari shu yo‘l bilan klub qarzlarining ma’lum bir qismini to‘lashni maqsad qilgan. “Parma” ma’murlari Anjelo Anedda va Alberto Giotto bu xabarni tasdiqlagan.
Shu tariqa, jamoaga tegishli 3 ta Italiya Kubogi, 2 ta UEFA Kubogi, bittadan Yevropa va Italiya Superkuboklari, shuningdek, Kubok egalari kubogi ham sotuvga qo‘yildi. “Parma” yangi mavsumni Italiya “D” seriyasida boshlaydi. Klubning umumiy qarzi 200 million dollarga baholanmoqda.
Izoh (0)