Kosta-Rika terma jamoasi bosh murabbiyi Paulo Vanchope stadion qo‘riqchisi bilan mushtlashib ketdi, deya xabar beradi “Stadion.uz”.
Voqea Olimpiada—2016 saralashining Kosta-Rika va Panama (0:0) yoshlari o‘rtasidagi uchrashuvi vaqtida bo‘lib o‘tdi.
O‘yinni tribunadan tomosha qilayotgan Vanchope hakamning qaroridan norozi bo‘lib u tomon talpindi, qo‘riqchilardan biri uni maydonga tushishiga yo‘l qo‘ymadi, oqibatda mushtlashuv yuzaga keldi.
Janjal politsiya aralashuvi bilan tugadi.
Izoh (0)