Amerikaning mashhur Yellouston milliy bog‘i xodimlari avvalroq qo‘riqxona ishchisini g‘ajib tashlagan urg‘ochi grizli ayig‘ini uxlatib qo‘ydi, deb xabar beradi “TASS”.
“Urg‘ochi ayiqning o‘zini tutishi va odamga tashlanishi notabiiy hisoblanadi”, — deydi bog‘ning rasmiy vakili. Uning ma’lum qilishicha, qo‘riqxona xodimiga hujum qilgan hayvonni aniqlash uchun barcha DNK-ekspertizalari o‘tkazilgan.
63 yoshli tibbiy yordam mashinasi haydovchisi Lens Krosbiga 7-avgust kuni bog‘ hududida urg‘ochi ayiq hujum qilgan edi. Uning jasadi ikki kundan so‘ng topilgan.
Izoh (0)