Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi Mukur qishlog‘ida 7-avgust kuni keksa odamdek ko‘rinuvchi 24 yoshli Nurjan Urkeshbayev o‘z qaylig‘i Aysemgulga uylandi, deb xabar bermoqda “365info.kz”.
Qayd etilishicha, to‘yga 300 ga yaqin mehmon kelgan. Kuyov to‘ylarda qo‘shiq kuylovchi xonanda, kelin esa mutaxassisligi bo‘yicha hisobchi ekanligi aytilgan.
“Tengrinews.kz” xabariga ko‘ra, Nurjanga kamyob kasallik — pregoriya tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, bunda terining muddatidan oldin va ancha tez qarishi kuzatiladi.
Izoh (0)