Polshaning PESA Bydgoszcz SA kompaniyasi delegatsiyasi “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasiga tashrif buyurdi, deb xabar beradi “Jahon” axborot agentligi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad metropoliten uchun tramvay, lokomotiv va vagonlar yetkazib berish masalalari yuzasidan hamkorlik qilish hisoblanadi.
Shuningdek, servis va texnik xizmat ko‘rsatish hamda mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)