Xitoy sharqida yuzaga kelgan “Soudelor” to‘foni natijasida 26 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Bundan tashqari yana yetti kishi bedarak yo‘qolgan. Futszyan viloyatida 514 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilindi. Yetti mingga yaqin uylar vayron bo‘ldi, 112 ming gektar maydondagi ekinlar yo‘q qilindi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, to‘fon natijasida mamlakatga 1,5 milliard dollarlik iqtisodiy zarar yetgan.
Izoh (0)